Bosh mutaxassis

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi bo‘sh ish o‘rinlarga mutaxassislarni taklif etadi!

Tashkiliy tuzilma:

Raqamli hukumat qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘limi

Bo‘sh ish o‘rni:

Bosh mutaxassis

Malakaviy talablar:

  1. Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;
  2. Axborot texnologiyalari, raqamli hukumat va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish tartibi va qonunchilik texnikasi qoidalari bilishi;
  3. Yuridik xizmat yo‘nalishida kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi;
  4. Davlat va rus tillarida erkin yozish va so‘zlasha olishi (ingliz tilini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi);
  5. Ish faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalda qo‘llay olishi;
  6. Ish faoliyati davomida rahbariyat topshiriqlarining so‘zsiz va samarali bajarilishini ta’minlashga tayyor turish.

Lavozim majburiyatlari:

O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.

Ish sharoitlari:

Yuqori oylik, ijtimoiy rag‘bat va qo‘llab-quvvatlash, yosh va ahil jamoa hamda Toshkent shahri markazidagi barcha zamonaviy shart-sharoitga ega ofis.

Qayta aloqa:

Rezyume (ma’lumotnoma)larni r.akpulatov@egov.uz elektron manzilga yuborishingiz mumkin.

Vakansiyaga javob berish

Xat, rezyume va portfolioni ilova qilish (10 Mb gacha)

Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр