Boshqarma boshlig‘i

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bo‘sh ish o‘rinlarga mutaxassislarni taklif etadi!

Tashkiliy tuzilma:

Raqamlashtirish dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi

Bo‘sh ish o‘rni:

Boshqarma boshlig‘i

️Malakaviy talablar:

1. Oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lishi; 
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi; 
3. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy va texnik hujjatlar bilan ishlay olishi; 
4. Davlat tili va rus tillarida erkin yozish va so‘zlasha olishi (ingliz tilini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi); 
5. Ish faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalda qo‘llay olishi; 
6. Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; 
7. O‘z faoliyati doirasida rahbariyat topshiriqlarining so‘zsiz va samarali bajarilishini ta’minlashga tayyor bo‘lishi; 
8. Respublika bo‘ylab tezkor xizmat safarlariga tayyor bo‘lishi

Lavozim majburiyatlari:

O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish

Ish sharoitlari:

Yuqori oylik, ijtimoiy rag‘bat, Toshkent shahri markazidagi zamonaviy ofis hamda yosh va ahil jamoa

Rezyumelarni a.hudayev@egov.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Vakansiyaga javob berish

Xat, rezyume va portfolioni ilova qilish (10 Mb gacha)

Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр