My.gov.uz jamoasi Sizni ishga taklif etadi!

Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida yangiliklarga chanqoqmisiz? Yagona portalning uzluksiz, yanada qulay va sodda ishlashini ta'minlashga doir aniq echimlar taklif eta olasizmi?  

Unda my.gov.uz jamoasi Sizni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining “Yagona portalning mobil ilovasini rivojlantirish bo'limi”ga ishga taklif etadi. 

Buning uchun Siz:  

  • mobil va veb-ilovalarni sinov hujjatlari asosida sinovdan o'tkazish:  funktsional va kompleks (API, DB);  
  • dasturiy mahsulotlar bilan ishlashda foydalanuvchilar duch keladigan muammolarni aniqlash va tahlil qilish hamda hisobot (bug-reports) tayyorlash;    
  • kamchiliklar bartaraf etilishini nazorat qilish va jarayonlarni optimallashtirish malakasiga ega bo‘lishingiz kerak.  

Shuningdek:  

  • mazkur yo'nalishda 2 yildan kam bo'lmagan ish tajribasi;  
  • API va integratsiya sinovlari bo'yicha tajriba;  
  • mobil ekotizimiga xos hususiyatlarni tushunish (ioS, Android);  
  • mobil ilova va veb talqinda UI/UX ni yaratish tamoyillarini tushunish;  
  • sinovdan o'tkazish usullarini bilish;  
  • jarayonlarni optimallashtirish va tahlil qilish;  
  • sinovdan o'tkazishda loyihalash usullarini bilish va ulardan amaliyotda foydalana olish qobilyati ham talab etiladi.  

Bizdan taklif etiladigani: yuqori oylik, ijtimoiy ragʻbat, Toshkent shahri markazidan zamonaviy ofis hamda yosh va ahil jamoa. 

Bogʻlanish uchun pochta manzili: mygovwork@egov.uz 
Telegram manzili: @mygovwork

Vakansiyaga javob berish

Xat, rezyume va portfolioni ilova qilish (10 Mb gacha)

Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр