Tahlilchi

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi qobiliyatli analitiklarni ishga taklif etadi   

Biz intellektual salohiyatga ega, turli sohalarni raqamlashtirish bo‘yicha yangicha takliflar bera oladigan, aholiga ko'rsatilayotgan elektron xizmatlarni yanada rivojlantirish borasida o‘ziga xos yondashuvi bor analitik (tahlilchi)larni izlayapmiz! 

Buning uchun Sizdan:   

  • mazkur yo'nalishda 3 yildan kam bo'lmagan ish tajribasi;
  • o‘zbek va rus tillarini bilish;
  • dasturchilarga vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash tajribasi;
  • monitoring qilish tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;
  • loyihalarni boshqarish asoslarini bilish;
  • office paketlarida, MS Visio, MS Project bilan ishlash qobiliyati;
  • muntazam ravishda xorij tajribasini o‘rganish, monitoringini olib borish va takliflar kiritish talab etiladi.

Shuningdek, xodim quyidagi vazifalarni bajarishi zarur: 

  • talablarni yig‘ish va rasmiylashtirish;
  • biznes jarayonlarini loyihalashtirish va qayta injiniring qilish;
  • texnik hujjatlarni tayyorlash va ularning dolzarbligini saqlash;
  • vazifalarni rejalashtirish va ustuvorligini belgilash;
  • ishlab chiqish bo‘yicha vazifalarni belgilash va bajarilishini nazorat qilish;
  • ekspluatatsiya (foydalanuvchi) uchun qo‘llanmalar tayyorlash;
  • dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish.

Bizdan taklif etiladigani: yuqori oylik, ijtimoiy ragʻbat, Toshkent shahri markazidan zamonaviy ofis hamda yosh va ahil jamoa.  

Bogʻlanish uchun pochta manzili: monitoring@egov.uz

Telegram manzili: @mygovwork

Vakansiyaga javob berish

Xat, rezyume va portfolioni ilova qilish (10 Mb gacha)

Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр