Tahliliy guruh rahbari

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi Tahliliy guruh rahbarligi lavozimiga o‘zini munosib deb bilgan nomzodlarni ishga taklif etadi.

Lavozim majburiyatlari: 

  • ma’lumotlarni tahlil qilish strategiyasini ishlab chiqish orqali zamonaviy usullarini joriy etish; 
  • ma’lumotlarni tahlil qilish guruhi faoliyatini boshqarish; 
  • davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish, axborot tizimlaridan integratsiya yoʻli bilan zaruriy ma’lumotlarni olish va tahlil qilish; 
  • “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish borasida davlat axborot tizimlari ma’lumotlarini tahlil qilish, prognozini kuzatish orqali tavsiyalar tayyorlash. 

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:  

  • Tahlil qilish va loyihalarni boshqarish borasida kamida 3 yillik tajriba;  
  • ma'lumotlar tahlilida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmalari; 
  • ma'lumotlarni tahlil qilish usullarini chuqur bilish va ular asosida strategik yo’nalishlarni shakllantirish; 
  • davlat organlari axborot tizimlaridan integratsiya yoʻli bilan ma’lumotlarni olish hamda tahlil qilish usullarini bilish; 
  • tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha hisobotlar, dashbordlar va vizualizatsiya yaratish qobiliyati.

Shaxsiy sifatlarga qo‘yiladigan talablar: 

  •  yuqori kommunikabellik va yetakchilik, tahlilchilar guruhini boshqarish, xususan, xodimlarni yollash, o‘rgatish va rivojlantirish qobiliyatiga egalik, analitik fikrlash, innovatsion echimlarni topish va ma'lumotlarni tahlil qilishda yangicha yondashuvlarni taklif etish xohishida bo‘lish.

Bizdan taklif etiladi: 

  • raqobatbardosh maosh va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash; 
  • yirik loyihalarda ishtirok etish va yangi tajriba; 
  • kasbiy rivojlanish va o'sish 

Bog'lanish uchun ma'lumot: 

e-mail:  sh.yunusova@egov.uz   
tel: 55-501-36-30 (1046)

Vakansiyaga javob berish

Xat, rezyume va portfolioni ilova qilish (10 Mb gacha)

Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр