Bayramingiz bilan, aziz ayollar!

Bayramingiz bilan, aziz ayollar!

07 mart 2024

Bugun, 7-mart kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Markaz direktori Aziz Muxitdinov soha rivojida ijodiy kuch manbai boʻlgan goʻzal opa-singillarni bayram bilan chin dildan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi. Shu bilan birga, ayol qaysi kasbda ishlashi, necha yoshda boʻlishidan qatʼi nazar oiladagi, jamiyatdagi oʻrni doim muhim boʻlib qolishini taʼkidlab oʻtdi.

Aziz ayollar, moʻtabar onaxonlar, goʻzal opa-singillar va sohamiz dilbarlari!

Barchangizni goʻzallik va nafislik, mehr-muhabbat bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz! Har biringizga oilaviy xotirjamlik, bahoriy kayfiyat, sihat-salomatlik va ayollik baxtini tilab qolamiz!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр