Kadastr sohasini raqamlashtirish bo‘yicha 6 ta axborot tizimi to‘liq ishga tushirildi

Kadastr sohasini raqamlashtirish bo‘yicha 6 ta axborot tizimi to‘liq ishga tushirildi

07 mart 2024

Bular: “E-yer nazorat”, “Yerelektron”, “Geodeznazorat”, “Yer hisobot”, “Xavfni tahlil qilish va Kadastr muhandisi”.

Xususan, yer qonunbuzilishi holatlarini aniqlash va bartaraf etishda samarali davlat nazoratini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan “E-yer nazorat” dasturi ishlab chiqilib, davlat yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan 790 dan ortiq maxsus planshetlar nazoratchi inspektorlarga yetkazildi.

Joriy yilning 1-martidan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida sinov tariqasida ushbu planshetlardan foydalanilib, yerqonunbuzarlik holatlari bo‘yicha joyida elektron rasmiylashtirish ishlari tashkil etildi.

Endilikda mazkur planshet va bodi kameralar orqali o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi asosida ishlaydi. Huquqbuzarlikni aniqlashdan to tegishli choralar ko‘rilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Shu bilan birga nazorat tadbirlarining har bir bosqichi tegishli tartibda monitoring qilib boriladi.

Hozirda “E-yer nazorat” dasturini Oliy sud, Bosh prokuratura, MIB, IIV, “O‘zbekkosmos” va “O‘zbekiston pochtasi” kabi bir qator idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanish jarayonida.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining umumiy 44,9 mln gektar yer maydonidan 42,8 mln gektari yoki 95 foizining elektron xaritasi yaratilib, 39,8 mln gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Dastur to'liq ishga tushgach quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • nazorat tadbirlarini amalga oshirishda ortiqcha qog‘ozbozlik hamda ehtimoliy korrupsion harakatlarning oldini olish;
  • yer qonunbuzilish holatlarini aniqlashdan to bartaraf etishgacha bo‘lgan jarayonlarni monitoring qilish;
  • yerga oid qonunbuzilishlar va ularni bartaraf etilishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan elektron hisobotini yuritish;
  • yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, yerlardan maqsadsiz foydalanish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z muddatida murojaat qilmaslik holati bo‘yicha manzilli ma’lumotlar bazasini yaratish.
Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр