O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi

O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi

12 mart 2024

Tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi:

  • 2024-yil 1-apreldan - yirik soliq toʻlovchilar uchun;
  • 2024-yil 1-iyuldan - barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun.

Elektron TTYni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • yuk joʻnatuvchi elektron TTY ishtirokchilari, transport vositalari va tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirib, ERI bilan tasdiqlaydi;
  • elektron hujjat almashish operatori elektron TTYga ID va QR kodlarini biriktirib uni ishtirokchi subyektlarga joʻnatadi;
  • yukni yetkazib berishga maʼsul shaxs oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini “Face-ID” tizimi yordamida (mobil ilova orqali) tasdiqlaydi;
  • yukni qabul qiluvchi oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron TTYUni yuk qabul qilish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi yoki sababini koʻrsatgan holda rad etadi. 
Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр