Samarqand viloyati “Mahalla yettiligi” vakillari uchun onlayn o’quv seminari tashkil etildi

Samarqand viloyati “Mahalla yettiligi” vakillari uchun onlayn o’quv seminari tashkil etildi

15 mart 2024

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O'zbekiston mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi "mahalla yettiligi" vakillari uchun my.gov.uz portalidan samarali foydalanish yuzasidan onlayn seminar tashkil etildi.

Seminar ishtirokchilariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mavjud imkoniyatlar, tizimga kirish uchun talab etiladigan OneID yagona identifikatsiya tizimi hamda elektron xizmatlardan foydalanish tartibi to'g'risida ma'lumot berildi.

Tadbir davomida my.gov.uz portalida mavjud xizmatlardan foydalanish jarayonlari amaliy tarzda ko'rsatib berildi hamda xizmat natijasini elektron hujjat shaklida yuklab olish jarayonlari tushuntirildi. 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр