Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida seminar-trening tashkil etildi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida seminar-trening tashkil etildi

18 mart 2024

Joriy yilning 16-mart sanasida tashkillashtirilgan treningda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladigan raqamli davlat xizmatlaridan foydalanishda e'tibor berish zarur bo'lgan jihatlar — "xizmat pasporti", videoyo'riqnoma, xatolik aniqlangan pullik xizmatlar hamda mavjud invoysni kiritish bo'yicha ma'lumot berildi.

Tadbir ishtirokchilarida my.gov.uz portalining mobil ilovasi taqdim etadigan qulayliklar, xususan MyID yuzni tanish yordamida identifikatsiyadan o'tish imkoniyati katta qiziqish uyg'otdi.

Shuningdek, trening davomida ishtirokchilarning raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр