Yoʻl harakati xavfsizligi kundalik hayotimizdagi muhim jihatlardan biri

Yoʻl harakati xavfsizligi kundalik hayotimizdagi muhim jihatlardan biri

06 mart 2024

Har birimiz nafaqat yoʻldagi oʻz harakatlarimiz, balki boshqa ishtirokchilar xavfsizligi uchun ham javobgardirmiz. Shu bois bizning qarorlarimiz va harakatlarimiz jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini doimo yodda tutishimiz kerak.

Bugun, 6-mart kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida xodimlar uchun yoʻl harakati xavfsizligi va yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq noxushliklarning oldini olish hamda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, shuningdek, qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan mazkur tadbirda Markaz xodimlariga yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi tushuntirib oʻtildi.

Darhaqiqat, biz birgalikda yoʻllarimizni xavfsizroq qilishimiz va koʻplab baxtsiz hodisalarning oldini olishimiz mumkin. Shunday ekan, yoʻl harakati xavfsizligi madaniyatini doimiy shakllantirish orqali oʻzimiz va atrofimizdagilar hayoti va sogʻligʻini saqlashga oʻz hissamizni qoʻshaylik!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр