Joriy yilning 7-may kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida Aloqachilar kuni munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida so‘nggi yillarda mamlakatimizda AKT sohasini modernizatsiya qilish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish, elektron hukumat tizimini takomillashtirish va aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish borasida erishilayotgan yutuqlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, ushbu yutuqlar zamirida soha xodimlarining fidokorona mehnati yotgani ta’kidlandi.
An’anaga ko‘ra, sohaning ilg‘or vakillari, o‘zining samarali mehnati va innovatsion g‘oyalari bilan ajralib turgan mutaxassislar munosib taqdirlandilar. Ularga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshirildi.