Kecha, 12-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Xizmatlarni rivojlantirish va byurokratiyani yo‘q qilish bo‘yicha ijrochi direktori Hesham Mohammadxadi Mirahmad Amiri "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" DMga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar Markaz faoliyati, O‘zbekistonda raqamlashtirish bo'yicha joriy etilayotgan asosiy raqamli yechimlar infratuzilmasi, elektron xizmatlarni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularni jadallashtirish va istiqboldagi loyihalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Uchrashuvda raqamli hukumatni rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, texnologik yechimlar, elektron xizmatlarni ko'rsatishda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar va bularning raqamli davlatni rivojlantirishdagi ahamiyati delegatsiya vakillari tomonidan ijobiy qayd etildi.