2025-yil 1-iyundan boshlab Elektron kooperatsiya portalida Yagona reyestrga kiritilgan sub’yektlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning davlat xaridi uchun elektron savdo maydonchasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat buyurtmachilariga elektron savdo maydonchasi orqali Yagona reyestrga kiritilgan sub’yektlardan bir shartnoma bo‘yicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravarigacha bo‘lgan tovar (xizmat)larni xarid qilishga ruxsat beriladi. Bunda elektron savdoda 48 soat ichida bir nafar ishtirokchi qatnashgan taqdirda, davlat buyurtmachisiga ishtirokchi bilan elektron ravishda savdolashish orqali yoki davlat xaridlarining boshqa turi asosida xaridni amalga oshirish huquqi beriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan hamda ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashgan tadbirkorlik sub’yektlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan «Inklyuziv ish beruvchi» mukofoti bilan taqdirlanadi.