Navoiy innovatsiyalar universitetida elektron xizmatlardan foydalanish mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi

Navoiy innovatsiyalar universitetida elektron xizmatlardan foydalanish mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi

12 may 2024

Joriy yilning 10-may sanasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Navoiy viloyatidagi vakili tomonidan tashkil etilgan seminarda Universitet talabalariga my.gov.uz orqali elektron xizmatlardan foydalanish afzalliklari tushuntirildi.

Seminar davomida talabalarga Yagona portalda joriy etilgan elektron xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda pullik xizmatlar uchun taqdim etiladigan chegirmalar to’g’risida ma’lumot berildi. Shuningdek, shaxsga doir ma'lumotlarni o'zida saqlovchi OneID tizimidan ehtiyotkor  foydalanish muhimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning my.gov.uz portali hamda Yagona identifikatsiya tizimlaridan foydalanish jarayonlarida yuzaga kelgan savollarga soha mutaxassisi tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр