Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasida Amazon kompaniyasining Project Kuiper loyihasi bo‘yicha xalqaro iste’molchilar biznesi direktori Liza Skalpone bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda “Project Kuiper” tizimi xizmatlarini joriy etish, IT Park orqali raqamli ekotizimni rivojlantirish hamda yuqori tezlikdagi sputnik internet xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tashabbus mamlakatda zamonaviy internet infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli xizmatlarning qamrovini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun: avvalroq Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding) imzolanib, hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan edi.