Qo’qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali hamda "Kokand University" oliy ta'lim muassasasi professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida 2024-yilning 2-may sanasida my.gov.uz portali orqali elektron xizmatlardan samarali foydalanish bo’yicha trening mashg’uloti o'tkazildi.
Mazkur treningda soha mutaxassislari tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mavjud elektron xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda pullik davlat xizmatlari uchun beriladigan chegirmalar to'g'risida ishtirokchilarga ma'lumot berildi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan my.gov.uz portalida mavjud xizmatlar bo’yicha ariza berish jarayonlarini yanada qulaylashrirish hamda OneID yagona identifikatsiya tizimida login va parolni biometrik identifikatsidan foydalangan holda qayta tiklash takliflari bildirildi.