#Raqamlashtirish

#Raqamlashtirish

13 may 2024

Prezident Shavkat Mirziyoyevga mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi

Sun’iy intellekt dasturlarini yaratish va qo‘llash bo‘yicha ham muvaffaqiyatli ish olib borilmoqda. Jumladan, biometrik identifikatsiyalash uchun “My ID” tizimi rivojlantirildi. Bugungi kunda 28 ta bank va 5 ta davlat tashkiloti mazkur tizimga ulandi. U orqali 8 million 200 mingdan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi.

“Muxlisa” nomli o‘zbek tilidagi ovozli yordamchi ishlab chiqilmoqda. Ushbu ishlanmani turli zamonaviy texnika vositalariga o‘rnatish mo‘ljallangan.

Raqamli texnologiyalar sohasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida sun’iy intellekt va kosmik faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, taqdimotda Yagona kommunal xizmatlar platformasini joriy etish bo‘yicha ham axborot berildi. Bu onlayn platforma orqali iste’molchilar 8 ta kommunal tashkilot xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Unda 14 tadan ortiq idoralar ma’lumotlarini bir nuqtada jamlash hamda avtomatlashtirilgan ravishda taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр