Raqamli hukumat markazida navbatdagi "QUIZ TIME"!

Raqamli hukumat markazida navbatdagi "QUIZ TIME"!

12 noyabr 2025

Joriy yil 11-noyabr kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida an’anaga aylangan "QUIZ TIME" intellektual o‘yinining navbatdagi soni o‘tkazildi. Ushbu tadbir nafaqat xodimlarning dam olishiga, balki bilimlarini va tezkor fikrlash qobiliyatlarini charxlashga ham xizmat qildi.

Bilamizki, raqamlashtirish sohasi doimiy yangilanish va kreativ yechimlar maydoni bo‘lishi kerak. Chunki bu soha mutaxassislarining kundalik faoliyati murakkab muammolarga tezkor javob topishni talab qiladi. "QUIZ TIME" aynan mana shunday ko‘nikmalarni nostandart, o‘yin tarzida rivojlantirishga yordam beradi.

O‘yin davomida ishtirokchilar IT va raqamli boshqaruvga oid savollardan tashqari, umumiy bilim, mantiq, tarix va san’at yo‘nalishlaridagi savollar bo‘yicha ham o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bu esa xodimlarning dunyoqarashi kengligini ko‘rsatdi.

Gʻolib jamoalar va faol ishtirokchilar Markaz rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Bunday tadbirlar orqali Markaz intellektual mehnatni qadrlashini va xodimlarning uzluksiz o‘sishini qo‘llab-quvvatlashini amalda isbotlaydi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр