Toshkent davlat transport universitetida elektron xizmatlardan samarali foydalanish mavzusida seminar bo'lib o'tdi

Toshkent davlat transport universitetida elektron xizmatlardan samarali foydalanish mavzusida seminar bo'lib o'tdi

08 may 2024

Joriy yilning 6-may sanasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan Universitet professor-o'qituvchilari hamda talabalari uchun tashkil etilgan o'quv seminarida my.gov.uz orqali elektron xizmatlardan foydalanish afzalliklari tushuntirildi.

Jumladan, yig'ilganlarga Yagona portalning MyGov mobil ilovasida mavjud qulayliklar hamda pullik xizmatlar bo'yicha taqdim etiladigan chegirmalar to'g'risida ma'lumot berildi. 

Seminar davomida my.gov.uz orqali "O'zini o'zi band qilish", "Hisoblangan ish haqi ma'lumotlari" hamda "Haydovchilik guvohnomasini yangilash" xizmatlaridan foydalanish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning Yagona portal xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр