Toshkent shahri “Mahalla yettiligi” uchun onlayn o’quv seminari bo'lib o'tdi

Toshkent shahri “Mahalla yettiligi” uchun onlayn o’quv seminari bo'lib o'tdi

29 mart 2024

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O'zbekiston mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi "mahalla yettiligi" vakillari uchun my.gov.uz portalidan samarali foydalanish yuzasidan onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda aholi vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qiluvchi “mahalla yettiligi” vakillariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mavjud imkoniyatlar, OneID yagona identifikatsiya tizimi orqali kirish hamda raqamli xizmatlardan foydalanish tartibi to'g'risida ma'lumot berildi.

Tadbir davomida my.gov.uz portali orqali sog'liqni saqlash, transport, fuqarolik sohalariga oid ommabop xizmatlardan foydalanish jarayonlari amaliy mashg'ulot shaklida namoyish etildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр