Biz haqimizda

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi Markazi

"Elektron hukumat" tizimi doirasida axborot - kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali va shaffof mexanizmlarini yaratuvchi, shuningdek, ushbu sohadagi loyihalar, loyiha va texnik hujjatlarni sifatli ekspertizadan o'tkazishni ta'minlovchi tashkilotdir.

Markaz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PF-4699-sonli "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va Vazirlar mahkamasining 2020-yil 25 iyun`dagi 409-sonli "O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari asosida O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida tashkil etildi.

Markaz faoliyati yo'nalishlari: Markaz "elektron hukumat" tizimini va "Raqamli O'zbekiston - 2030" dasturini (keyingi o'rinlarda - dastur) rivojlantirish doirasida raqamli iqtisodiyot va "elektron hukumat" tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarning asosiy yo'nalishlarini amalga oshiradi, xususan:

  • elektron hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni ta'minlash;
  • davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish;
  • davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish;
  • elektron hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish.

Markazning ishlash tamoyillari:

Professionallik. Tajriba. Samaradorlik. SHaffoflik. Sifat kafolati.