Raqamli iqtisodiyot

Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalardan foydalanish, xususan raqamli iqtisodiyotni joriy etishning afzalliklaridan biri davlat xizmatlari tizimini rivojlantirishga va ularning ochiqligi va samaradorligini ta'minlashga, ishbilarmonlik muhitining shaffofligini oshirish hisobiga biznes sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi.

Tashkiliy va iqtisodiy tamoyillarning raqamli o'zgartirilishi global iqtisodiy o'sishning asosiy omillaridan biriga aylanmoqda.

Raqamli iqtisodiyot doirasida davlat sektorida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, elektron xizmatlarning rivojlanishi va infratuzilmaga kiritiladigan investitsiyalar xususiy sektorda axborot texnologiyalaridan kengroq foydalanishga turtki beradi va uning boshqa sohalarga ta'sirini kuchaytiradi.

Iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini yanada axborotlashtirish
va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish yangi biznes yo'nalishlarini barpo qilishga va mavjudlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqsadlarda esa, Markaz raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha davlat organlari va tashkilotlarga uslubiy-amaliy yordam ko'rsatadi.