Loyihalarni ekpertiza qilish

Elektron hukumat tizimida loyihalarni amalga oshirish va ularni joriy qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish har bir davlatning asosiy maqsadlaridan biridir.

Mazkur maqsadni amalga oshirishda, elektron hukumat tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali va shaffof mexanizmlarini yaratish, mazkur sohadagi loyihalarni, loyiha va texnik hujjatlarni sifatli ekspertizadan o'tkazish zarur ahamiyatga egadir.

2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha etkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma'lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish zab etilishi kerak bo'lgan marralardan biri sifatida belgilandi.

SHu munosabat bilan, Markaz ushbu yo'nalishda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda yagona texnologik yondashuvni ta'minlash, shu jumladan loyihaviy-texnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan o'tkazadi.

Eslatib o'tish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4328-sonli qaroriga muvofiq, Markaz davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan xo'jalik yurituvchi subektlar tomonidan amalga oshiriladigan elektron hukumat tizimini va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarning pasport, konsepsiya va texnik topshiriqlarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ekspertizadan o'tkazadi.