Idoralararo hamkorlik

Bugungi kunda davlat xizmatlarini ko'rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash mamlakatimiz rivojlanishining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Davlat xizmatlarining har bir turi bo'yicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilini joriy qilish, shunga ko'ra davlat xizmatlarini ko'rsatishda vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olish mexanizmini amalga oshirish elektron hukumat tizimining asosiy bo'g'inlaridan biridir.

Idoralararo hamkorlik davlat xizmatlarini ko'rsatish doirasida davlat boshqaruv organlari o'rtasida elektron axborot almashinuvini ta'minlashga qaratilgan elektron hukumatning ajralmas qismidir.

Ushbu yo'nalishda Markaz:

davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining idoralararo yagona elektron tizimini, idoralararo axborot tizimlarini, manbalar va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etadi;

axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi va elektron davlat xizmatlarini joriy etishni tahlil qilish orqali davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqadi.