Operatsion va funktsional jarayonlarni optimizatsiya qilish

Mamlakatda elektron hukumat doirasida davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini izchillik bilan takomillashtirish va modernizatsiya qilish evaziga aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhiti yaxshilanmoqda va biznesni rivojlantirish imkoni yaralmoqda.

Davlat xizmatlarining elektron shaklini joriy qilishda mazkur xizmatlarni ko'rsatish jarayonidagi vakolatli davlat organlarining funktsiyalarini qayta ko'rib chiqish, ularni soddalashtirish muhim ahamiyatga egadir. Buning natijasida, hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha murakkab tartib-taomillar, ortiqcha qadamlarga barxam beriishi mumkin.

Shu maqsadda, Markaz elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni samarali amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi.