Loyiha boshqaruvi

Loyihaviy yondashuvni davlat organlari faoliyatida elektron hukumatni rivojlantirish doirasida amalga oshirishning dolzarbligi hozirgi paytda muhimdir, shuningdek, buni mazkur sohada kerakli vazifalarni amalga oshirish imkoniga ega bo'lgan alohida vakolatli davlat muassasi tashkil qilinganligi tasdiqlamoqda.

Ushbu yo'nalishda davlat tashkilotlarining arxitekturasini yaratish asosida hukumat tizimini o'zgartirish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, davlat tashkilotlari faoliyatini aniq ifodalangan loyihaviy yondashuv asosida yo'lga qo'yish va optimallashtirishni anglatadi.

O'z navbatida, Markaz o'zining faoliyatida davomida loyiha boshqaruvi yo'nalishi doirasida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida axborot texnologiyalarining joriy etilishini monitoring qiladi va baholaydi;

elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha maqsadli indikatorlar va samaradorlik ko'rsatkichlarini ishlab chiqadi.