Bo‘sh ish o‘rinlari

Siz malakali mutaxassismisiz? Yuqori maoshli ish qidiryapsizmi?

Bizda ajoyib yangiliklar bor!

 

 

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari uchun tahlilchi(analitik)larni taklif etadi:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya, investitsiya va bank sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish;
  • mehnat va arxiv ishi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish;
  • ko‘chmas mulk, kadastr, geologiya va qurilishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
  • qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish;
  • madaniyat, taʼlim va kutubxona faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish;
  • fan, yoshlar, oila va mahallalarni qo‘llab-quvvatlash tizimida raqamli iqtisodiyotni joriy etish;
  • elektron parlament tizimini rivojlantirish.

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • qiziqtirgan yo‘nalishi bo‘yicha kamida 2 yillik ish staji;
  • tahliliy fikrlash va axborotni tizimlashtirish ko‘nikmasi;
  • savodli og‘zaki va yozma nutq;
  • vazifalarni belgilash va nazorat qilish tizimlarida ishlash;
  • ofis to‘plami, MS Visio, MS Project bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish (ingliz tili qo‘llab-quvvatlanadi).

 

Shartlar:

  • Haftaning 5 kuni, soat 9 dan 18 gacha.
  • Shinam va keng ofisda ishlash.
  • Rasmiy bandlik va Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash; Ijtimoiy to‘plam.
  • Ish haqi - suhbat natijalariga ko‘ra. 

 


Rezyumeingizni elektron pochta orqali bizga  yuboring:
u.xaydarov@egov.uz

Telegram:
@egovuz_bot

 

Maʼlumot uchun telefon:
+998 55-501-36-30


 

Biz eng yirik IT-tashkilotimiz, bizda keng ko‘lamli IT-loyihalar va do‘stona jamoa!