Markazning vazifalari, qarashlari va maqsadlari

Markazning vazifasi — uzoq vaqt ishlaydigan vakolatli strategiyani yaratish va ishlab chiqarishdir. Biz asosiy qadriyatlarga, kuchli tomonlarimizga tayanamiz va oʼz oldimizga qoʼygan maqsadlarimizga erishish uchun ishlaymiz.

Bizning qadriyatlarimiz:

  • Qatʼiyatlilik
  • Birdamlik
  • Yangilik
  • Aniqlik
  • Rivojlanish

Markazning qarashi: bitta joyda turmaslik, toʼxtamaslik va oʼzimizni takomillashtirish ustida ishlashlik. Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ishlarning natijalari bizni yangi gʼoyalar va ularni amalga oshirish usullariga ilhomlantiradi. Masʼuliyat bilan yondoshish jamoamizning eng muhim majburiyatlaridan biridir, har birimiz oʼz ishimiz uchun davlat, soha, hamkasblarimiz va xizmatlarimiz foydalanuvchilari oldida javobgarmiz.

Markaz strategiyasi: raqamli texnologiyalar - bu insoniyat kelajagi. Ushbu texnologiyalar inson hayotining barcha sohalarini va davlatni rivojlantirishga yordam beradi. Maʼlumotni raqamlashtirish ularning ishini optimallashtiradi va mamlakatning rivojlanish koʼrsatkichlarini oshiradi, bu oʼz navbatida mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan ishlashda katta yutuqdir.

Bizning maqsadimiz - foydalanuvchilarga vaqt va mablagʼlarni tejash imkonini beradigan kafolatli va tezkor xizmatlarni elektron shaklda taqdim etish orqali mamlakat aholisining hayot tarzini yanada osonlashtirish. Ushbu qulayliklardan foydalanish ish jarayonining samaradorligiga olib keladi.