Xalqaro hamkorlik

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4699-son Farmoniga muvofiq, asosiy vazifalaridan biri elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot va raqamli transformatsiya sohasidagi dasturlarni amalga oshirish va shu jumladan xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda investitsiya loyihalarini joriy etish boʼlgan “Oʼzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish qoshidagi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” tashkil etilgan.

Belgilangan vazifalarni bajarish doirasida Markaz muntazam ravishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • xalqaro faoliyatni istiqbolga moʼljallangan rejalashtirishni amalga oshirish, xorijiy tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlik qilish boʼyicha rejalar va bitimlar tayyorlash;
  • xorijiy hamkorlar bilan uzoq muddatli va boshqa hamkorlik bitimlarini huquqiy rasmiylashtirishni tashkil etish;
  • xalqaro hamkorlik boʼyicha rejalar, dasturlar va bitimlarni amalga oshirish;xalqaro hamkorlik va tashqi aloqalarning natijalari va samaradorligini kuzatish;
  • bitimlar, rejalar va dasturlar asosida tashqi aloqalarni taʼminlash uchun zarur xarajatlarni prognoz qilish;universitetlarning xalqaro faoliyati shakllari va usullari, xalqaro hamkorlik uchun grantlar beradigan fondlar va tashkilotlar toʼgʼrisida maʼlumot toʼplash, tahlil qilish va tarqatish;
  • xalqaro jamgʼarmalar, tashkilotlar va dasturlarning grantlari, stipendiyalari va stajirovkalariga ega boʼlish uchun hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va taqdim etish boʼyicha uslubiy yordamlarni amalga oshirish;
  • protokol funktsiyalarini bajarish, xususan, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va xorijiy universitetlarning vakillari va delegatsiyalarini qabul qilishni tashkil etish, mavjud qoidalar va koʼrsatmalarga muvofiq salohiyatli va haqiqiy xorijiy sheriklar bilan yozishmalarni amalga oshirish, shuningdek xalqaro hamkorlik toʼgʼrisida protokollar va bitimlar imzolanishini taʼminlash;
  • “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida zamonaviy axborot texnologiyalarini yoki bilimlarni joriy etish va ilgʼor xalqaro tajribani qoʼllash masalalari boʼyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot-tahliliy qoʼllab-quvvatlash.