Arnasoy tumanida elektron xizmatlardan foydalanish bo'yicha seminar-trening tashkil etildi

Arnasoy tumanida elektron xizmatlardan foydalanish bo'yicha seminar-trening tashkil etildi

17 aprel 2024

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Jizzax viloyatidagi vakili tomonidan joriy yilning 16-aprel sanasida Arnasoy tumanida joylashgan umumta'lim maktablari pedagog kadrlari hamda xodimlari uchun my.gov.uz portali orqali elektron xizmatlardan samarali foydalanish mavzusida o'quv seminari o'tkazildi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) mavjud elektron xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda pullik davlat xizmatlari uchun beriladigan chegirmalar to'g'risida ishtirokchilarga ma'lumot berildi. 

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga my.gov.uz orqali elektron xizmatlardan foydalanish uchun ariza berish hamda MyGov mobil ilovasini yuklab olish va MyID biometrik identifikatsiya orqali tizimga kirish jarayonlari amaliy tarzda ko'rsatib berildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр