Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filialida seminar-trening tashkil etildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filialida seminar-trening tashkil etildi

24 aprel 2024

Joriy yilning 24-aprel sanasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Andijon viloyatidagi vakili tomonidan Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi hududiy filiali xodimlari uchun my.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanish mavzusida o'quv seminari o'tkazildi.

Mazkur seminarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatilayotgan ommabop elektron xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Yagona portalning MyGov mobil ilovasida joriy etilgan qulayliklar to'g'risida ma'lumot berildi. 

Tadbir davomida my.gov.uz orqali "O'zini o'zi band qilish", "Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish", "Doimiy yashash joyi to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmatlaridan foydalanish jarayonlari amaliy tarzda ko'rib chiqildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр