Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

19 aprel 2024

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov Huawei kompaniyasining Markaziy Osiyoda AKT marketingi va yechimlari bo‘yicha vitse-prezidenti janob Vang Zhentian bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda zamonaviy yechimlar asosida istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, IT-export yo'nalishlarini rivojlantirish rejalari muhokama qilindi. 

Mazkur uchrashuv “Raqamli hukumat” markazi hamda Huawei o‘rtasidagi samarali hamkorlik davom etayotganining yana bir tasdig‘idir. 

Tomonlar eng so‘nggi texnologik ishlanmalar bo‘yicha ma’lumot almashish barobarida Cloud xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр