“Job Fair 2024” – boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi

“Job Fair 2024” – boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi

16 aprel 2024

Bugun, 16-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “Job Fair 2024” – boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari talabalari va bitiruvchilari, shuningdek, salohiyatli xodimlar uchun maxsus tashkil etildi.

Tadbirda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, tashrif buyurganlarni raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar olamiga eshik ochuvchi turli vakansiyalar bilan tanishtirdilar. 

“Job Fair 2024” – boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi professional muhitda oʻz oʻrnini topmoqchi boʻlgan iqtidorli yoshlar uchun ideal platformaga aylanib bormoqda. U kerakli nomzodlar uchun ayni imkoniyatlarni taqdim etish barobarida ish beruvchilar va salohiyatli xodimlar oʻrtasida mustahkam aloqalarni oʻrnatishga, shu bilan birga turli soha mutaxassislarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirishga qulay sharoit yaratadi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр