Oʻzbekistonga kiruvchi va chiquvchi shaxslar hisobi yuritiladigan elektron baza yaratiladi

Oʻzbekistonga kiruvchi va chiquvchi shaxslar hisobi yuritiladigan elektron baza yaratiladi

08 aprel 2024

Prezident farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan hujjatlarni onlayn talab qilib olish bo‘yicha konsullik yig‘imlari miqdori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun davlat boji miqdoriga tenglashtiriladi.

2024-yil 1-sentyabrgacha:

  • mehnat migrantlariga yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan Call-markaz faoliyati tashkil etiladi;
  • chet eldan chiquvchi abonentlar uchun Call-markaz raqamiga qo‘ng‘iroqlarni bepul asosda amalga oshirish imkoni yaratiladi.

2025-yil 1-iyulgacha quyidagilar yaratiladi:

  • O‘zbekistondan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo va to‘liq integratsiya qilingan elektron ma’lumotlar bazasi;
  • mehnat migrantlari uchun bo‘lib turgan mamlakatlari va u yerdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan bog‘lanish imkonini beruvchi mobil ilova.

2024-yil 1-iyuldan xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan shaxslarga O‘zbekiston tashqarisida ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatganlik uchun haq undirishga ruxsat etiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр