Xo‘jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida seminar bo‘lib o‘tdi

Xo‘jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida seminar bo‘lib o‘tdi

19 aprel 2024

Joriy yilning 18-aprel sanasida tashkil etilgan tadbirda texnikum talabalari hamda Xo’jaobod tumani tibbiyot birlashmasi xodimlarining elektron xizmatlardan foydalanish bo’yicha ko’nikmalari oshirildi.

Mazkur seminarda ishtirokchilarga my.gov.uz portalida joriy etilgan ommabop elektron xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portalga OneID tizimi orqali kirish hamda portalning MyGov mobil ilovasida mavjud qulayliklar to’g’risida ma’lumot berildi. 

Seminar davomida my.gov.uz portalida joriy etilgan "Sog'liqni saqlash", "Yoshlar", "Ta’lim" sohalariga oid elektron xizmatlardan foydalanish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi hamda xizmat natijasini elektron hujjat shaklida yuklab olish mumkinligi tushuntirildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр