Nima uchun ma'lumotlar markazida ma'lumotlarni saqlash xavfsiz?
Pulni bankda saqlash uyda saqlashdan xavfsiz bo'lgani kabi, ma'lumotlarni Data Centerda saqlash ham foydalnuvchi o’zida saqlashidan xavfsizdir.
D-GOV Data Centrida koʻp bosqichli xavfsizlik tizimi, jumladan, 24 soatlik qoʻriqlash postlari, access control tizimi, videokuzatuv tizimi, qoʻriqlash signalizatsiyasi, aloqa tarmog’i hujumlarini oldini oluvchi dasturiy va texnik vositalar mavjud.

Aksariyat kompaniyalarda tizimlar va maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash IT vazifalari roʻyxatining birinchi oʻrinda turadi. Eng xavfsiz narsa o'zingizniki degan fikr keng tarqalgan. Bunday nuqtai nazar, mutaxassislar ichki xavfsizlik uchun faqat o'z maoshlari orqali javobgar bo'lishlarini va ko'pincha yetarli malaka va / yoki resurslarga ega emasligini hisobga olmaydi.
Bundan tashqari, D-GOV Data Centri o'z xizmatlari uchun kafolat beradi. Mijoz bilan ma'lumotlarning sizib ketishi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi maxfiylik shartnomasi tuziladi. Data Center, shuningdek, uning aybi tufayli yuzaga kelgan zararni qoplaydi.
Nima uchun Data Centerda ma'lumotlarni saqlash foydali?
Istalgan vaqtda Data Center mijozi o'zining joriy biznes ehtiyojlarini qondirish uchun aynan shuncha ko'p server sig'imidan foydalanishi va kerakli darajada pul sarflashi mumkin.

Server infratuzilmasini yaratish va yangilash har doim katta xarajatlarni talab qiladi. Siz nafaqat qimmatbaho qurilma-uskunalarni sotib olishingiz kerak, balki joylashtirish, elektr ta'minoti, sovutish, xavfsizlik va konfiguratsiya masalalarini ham ko'rib chiqishingiz kerak, keyin esa uning bir ma’romda ishlashini ta'minlashingiz zarur. Buning uchun pul mablag’i, malakali mutaxassislar va vaqt talab etiladi.
Banklar pulni boshqarish uchun ixtisoslashgan tashkilotlar bo'lgani kabi, Data Center ham serverlarni boshqarish uchun ixtisoslashgan tashkilotdir. Data Centerda serverlarning uzluksiz ishlashini va xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.
Har qanday Data Center xizmatidan foydalanishni boshlash uchun sanoqli kun yoki hatto soat kerak bo'ladi. Bu o'sib borayotgan biznes ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli server hajmini tezda oshirish imkonini beradi. Yo’ki aksincha, siz Data Center xizmatlarining bir qismidan (yoki barchasidan) tezda voz kechishingiz va xarajatlarni qisqartirishingiz mumkin.