“Inson qadri” ustuvor jamiyatda fuqarolarning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, hayoti va sog‘ligi, ish qobiliyatining saqlanishini ta’minlash masalalari hamisha dolzarbligicha qoladi.
18-aprel kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari uchun Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori Nozima Sulaymonova ishtirokida "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan qiziqarli va foydali seminar tashkil qilindi.
Unda xodimlarga mehnat muhofazasida qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanliklari, ish beruvchiga qo‘yiladigan talablar birma-bir aytib o‘tilib, ish joyida yuzaga keladigan zararli omillardan o‘zni qanday himoyalash mumkinligi misollar bilan tushuntirildi.