9-may – Xotira va qadrlash kuni!

9-may – Xotira va qadrlash kuni!

08 may 2024

Bu kun biz uchun nafaqat Ulug’ Vatan urushi va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasini yodga olish, balki mehnat faxriylari va nuroniylarimizga e’zoz ko’rsatishimiz bilan ham qadrlidir.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi ham ushbu muhim tadbirdan chetda qolmadi.

Bayram arafasida Markazning bir guruh xodimlari uchun  “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, Shon-Sharaf davlat muzeyi, Mustaqillik va ezgulik monumenti kabilarga sayohat tashkil etildi.

Ular Vatanimizni o‘z joni evaziga himoya qilganlar, front ortida mehnati bilan G‘alabani qo‘llab-quvvatlaganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Shuningdek, mehnat faxriylari va nuroniylar holidan xabar olishdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр