Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislarining Xorazm viloyati bo‘ylab xizmat safari davom etmoqda.
“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan o‘quv seminarlarning navbatdagi manzillari Xonqa va Yangiariq tumanlari bo‘ldi.
O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga onlayn platformalarning samaradorligi va xizmatlarning afzalliklari, elektron hukumat va elektron davlat xizmatlari orqali erishilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, elektron hukumat imkoniyatlari hamda my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish misollar orqali tushuntirib o‘tildi.
Seminarda ishtirokchilarning taklif va mulohazalari muhokama etilib, savollariga batafsil javoblar ham berildi.