Hozirgi kunda biror davlat idorasiga ishimiz tushsa, u haqida ma’lumot olish uchun darrov Internetga yuzlanamiz. Masalan, o‘sha tashkilotning rasmiy veb-saytiga kirib, manzili, qabul kunlari, rahbari kabi o‘zimiz uchun kerakli ma’lumotlarni qidiramiz.
Shunday paytlarda izlaganimizni topsak, ishimiz yengil bitganidan quvonamiz. Biroq ba’zan bo‘m-bo‘sh sahifalar yoki eski ma’lumotlar hafsalamizni pir qilib ham turadi.
Bugun davlat idoralarining rasmiy veb-saytlari qay darajada foydalanuvchilar talablariga javob beradi?
Bunga oydinlik kiritish uchun Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari tahlil qilindi.
Tahlil mavjud qonunchilik talablari va BMTning “Elektron hukumat reytingi” talablaridan kelib chiqib amalga oshirildi. Jami 45 ta ko‘rsatkichlar asosida avgust oyi uchun veb-saytlar reytingi shakllantirildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagi vazirlik va tashkilotlar rasmiy veb-saytlari Top-10 talikdan joy oldi: