Daniya davlat sektori raqamlashtirilishi bo‘yicha deyarli barcha hisobot va tadqiqotlarda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Daniya tajribasi davlat sektoridagi raqamli transformatsiya qanday amalga oshirilishi kerakligiga yorqin namunadir. Quyida Daniya qanday qilib raqamli davlatga aylangani va bu strategiya qanday samara bergani haqida ma’lumot beramiz.
Daniyaning raqamli yutuqlari:
Daniya kichik mamlakat ekani, aholi soni kamligi va yuqori soliqlar hisobiga shunday yutuqlarga erishgan, deb o‘ylash mumkin. Ammo bu jarayon aslida bir necha yil avval boshlangan va bosqichma-bosqich rejalashtirilgan islohotlar orqali amalga oshirilgan.
Daniyaning raqamli hukumat strategiyasi
1999-yilda «Raqamli Daniya: tarmoq jamiyatiga o‘tish» nomli hukumat hisobotida mamlakat raqamlashtirish yo‘nalishini aniq belgilab oldi. Asosiy maqsadlar quyidagilar edi:
Bu strategiya asosida Daniya o‘z fuqarolarini raqamlashtirish jarayoniga tayyorlab, samarali davlat xizmatlarini yaratishga va siyosiy-madaniy jarayonlarga internetni faol jalb qilishga erishdi.
Hozirda raqamli hukumat agentligi har to‘rt yilda yangilangan strategiyani e’lon qiladi va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritadi.
Daniyani yetakchiga aylantirgan 6 ta raqamli davlat xizmati
MitID (Mening identifikatorim) — davlat va xususiy xizmatlarga kirish uchun elektron identifikatsiya vositasi. Fuqarolar bank, soliq, tibbiyot va boshqa tizimlarga ushbu ID orqali kiradi.
Daniyada barcha fuqarolar va kompaniyalar rasmiy maktublarni Digital Post orqali qabul qiladi. Bu maktublar yuridik kuchga ega. Xizmatga MitID orqali kiriladi.
Har bir fuqaro va kompaniya NemKonto (oson hisob) ro‘yxatidan o‘tadi. Hukumat har qanday to‘lovni (soliq, nafaqa va h.k.) avtomatik ravishda amalga oshira oladi. Barcha ma’lumotlar avtomatik sinxronlashtiriladi.
Borger («fuqaro») saytida fuqarolar barcha davlat xizmatlarini oladi — to‘yni ro‘yxatga olishdan tortib, soliq to‘lashgacha. Ushbu saytga 2024 yilda 111 million marta tashrif buyurilgan.
Daniya fuqarolariga quyidagi mobil ilovalar orqali xizmatlar taqdim etiladi:
Daniyada barcha saytlar 24/7 tartibida ishlaydi. Katta talab yuzaga kelgan paytlarda virtual "navbat kutish xonalari" orqali trafik boshqariladi. Saytlar ishdan chiqmaydi, fuqarolar har doim xizmatga ishonadi.
Raqamli hukumatning samaralari
Hukumat hisoblariga ko‘ra, raqamli xizmatlar yiliga 296 million yevro (317 million dollar) tejash imkonini beradi va hujjatlar aylanmasi 30% ga kamaygan. Yangi strategiya kelasi 10 yilda 10 ming ish o‘rnini avtomatlashtirishni ko‘zda tutadi.
Pandemiya paytida Daniya:
Daniya tajribasi
Daniyaning raqamli transformatsiyani amalga oshirishdagi muvaffaqiyati tasodifiy emas. Ushbu mamlakat 20 yildan ziyod vaqt mobaynida aniq maqsadlar belgilab, ularga izchil amal qilib kelmoqda.
Muvaffaqiyatning kaliti esa quyidagilarda:
Daniya tajribasi raqamli davlat qanday qilib fuqarolar manfaati uchun xizmat qilishini, vaqt va mablag‘ni tejashi, ishonchni oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.