Davlat organlarining AKTni rivojlantirishga mas’ul xodimlari diqqatiga!

Davlat organlarining AKTni rivojlantirishga mas’ul xodimlari diqqatiga!

06 fevral 2024

Mutaxassislar malakasini oshirish orqali raqamlashtirish sohasini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

O‘tgan yili 20 mayda Vazirlar Mahkamasining «Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.

2023-yilning 1-iyulidan boshlab esa har uch yilda bir marotaba majburiy tarzda ularning malakasini oshirish tartibi joriy etildi.

Mas’ul organ qaysi?

Xodimlar malakasini oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuklatildi. Ishchi organ etib vazirlik huzuridagi «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi»davlat muassasasi tayinlandi.

attestat.egov.uz o‘zi nima?

Bu davlat organlarining AKTni rivojlantirishga mas’ul xodimlarini «Attestatsiyadan o‘tkazish va malaka sertifikatini berish»ga yo‘naltirilganyagona axborot tizimi bo‘lib,integratsiya yo‘li bilanmy.gov.uz portalidamazkur xodimlarning malakasini reyting baholash xizmati ishga tushirildi (https://my.gov.uz/uz/service/538).

Malaka oshirish va reyting baholashdan o‘tish muddati qancha?

Xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha minimal o‘quv muddati 24 soatni tashkil qiladi.

Ishchi organ xodimlarning AKT bo‘yicha savodxonligini malaka oshirish kurslari yakunlaganidan keyin 2 oy muddatdareyting baholaydi.

attestat.egov.uz axborot tizimi orqali nechta talabgor baholandi?

Bugunga qadar ushbu axborot tizimiga 742ta ariza kelib tushdi.Va 468nafar talabgorga reyting baholash guvohnomasi taqdim etildi.

Malakani oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni kim to‘laydi?

Malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xodimlarni o‘qishga yuborgan davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Xodimlarga qanday imtiyozlar mavjud?

Ma’lumki, davlat organlari va budjet tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi tegishli xodimlar AKT sohasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lishsa, o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda 20 foiz miqdorida ustama olishadi.

Reyting baholash guvohnomasini olgan xodimlargaesa davlat budjetidan yokitashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan har oyda lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda ustama belgilanadi.

Siz uchun qiziqarli javoblar!

Shu kungacha attestat.egov.uz axborot tizimiga 1 454 ta test savollari kiritilib, 16 ta o‘quv markazlarining reyestri shakllantirildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр