Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi!

Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi!

13 yanvar 2025

Hukumat qaroriga muvofiq (https://lex.uz/pdfs/7289474)ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.

Xodimlar imzolangan elektron mehnat shartnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.

Barcha ish beruvchilar YAMMT platformasi orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzishi va unda qog‘oz shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

️Davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamda shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр