Forbes Middle East: O‘zbekiston va BAAning raqamli kelajak yo'lidagi hamkorligi

Forbes Middle East: O‘zbekiston va BAAning raqamli kelajak yo'lidagi hamkorligi

03 iyul 2025

Nufuzli xalqaro nashrning yozishicha, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) innovatsiya, samaradorlik va fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmatlarni taqdim etishda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mazkur mamlakat raqamli innovatsiyalardagi ilg‘or tajribasini O‘zbekiston bilan faol bo‘lishmoqda.

Ayniqsa, "Bir million o‘zbek dasturchilari" tashabbusi ikki davlat o‘rtasidagi eng muhim hamkorliklardan biridir. Bu loyiha O‘zbekiston yoshlariga IT sohasida bepul ta’lim olish imkonini beradi. 

O‘zbekistonning IT Park vakolatxonasining Dubayda ochilishi va o‘zbek startaplarining BAA bozoriga kirib borishi bu hamkorlikning samarali ekanligidan dalolat beradi. Bu mustahkam aloqalar O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishhi bilan ahamiyatlidir. 

Maqolani to'liq o'qish: https://www.forbesmiddleeast.com/innovation/artificial-intelligence-machine-learning/how-the-uae-is-redefining-digital-government-with-ai-zero-bureaucracy-and-new-partnerships

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр