G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif

G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif

22 avgust 2025

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasini ham ko‘zdan kechirishdi.

Mazkur majmua 2020-yil 9-may kuni, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan barpo etilgan bo‘lib, uning tarkibida “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” haykaltaroshlik kompozitsiyasi, “Matonat madhiyasi” yodgorligi hamda tarixiy-badiiy ekspozitsiyalar mavjud.

Tashrif davomida markaz xodimlari urush davriga oid harbiy texnikalar, qahramon yurtdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan ramziy hududlar bilan tanishdilar. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qahramonlari sharafiga barpo etilgan yodgorliklar hamda milliy tariximizni yodga soluvchi eksponatlarni ko‘zdan kechirdilar.

Mazkur tashrif xodimlarda tarixiy xotirani asrab-avaylash, Vatanimiz tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik, shuningdek, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada kuchaytirdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр