Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Mamuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son qarori ijrosini taʼminlash doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi “Hayot davomida ta'lim olish” onlayn platformasini yaratildi va sinov tariqasida ishga tushirildi.
Ushbu platforma davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga masʼul oʼrinbosarlari hamda xodimlari uchun moʼljallangan boʼlib, “Hayot davomida ta'lim olish” tamoyiliga asoslangan maxsus taʼlim axborot platformasi hisoblanadi.
Mazkur platformani yaratishdan maqsad – raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish orqali raqamli transformatsiya yoʼnalishidagi eng soʼnggi bilim va ilgʼor tajribalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida innovatsion yechimlarni joriy etishga koʼmaklashishdir.
Shu munosabat bilan joriy yilning 26-mart kuni videokonferens aloqa shaklida raqamlashtirishga masʼul davlat organlari va tashkilotlarining mas'ullari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda “Hayot davomida ta'lim olish” onlayn platformasi bilan ishlash samaradorligini oshirish boʼyicha muhokamalar oʼtkazilib, uning funktsionalligi va mavjud resurslari bilan tanishtirildi, qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.