IT, fintex va startaplarga keng yo‘l ochilgani natijasida marketpleyslar soni uch yil ichida 24 tadan 163 taga ko‘paydi.

IT, fintex va startaplarga keng yo‘l ochilgani natijasida marketpleyslar soni uch yil ichida 24 tadan 163 taga ko‘paydi.

20 avgust 2025

Tadbirkor va hunarmandlar o‘z mahsulotlarini raqamli platformalar orqali eksport qilishga o‘rgandi. Ular an’anaviy eksportdagi kabi milliy va xorijiy marketpleyslarda chetga sotgan tovari uchun QQSni qaytarishni so‘ragan.

Mutasaddilarga buning tartibini tasdiqlab, amaliyotga joriy qilish topshirildi.

Umuman, fintex-startaplarni ko‘paytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha besh yillik strategiya qabul qilinadi. Raqamli moliyaviy xizmatlarni ko‘paytirish uchun banklar, fintex kompaniyalar va startaplar o‘rtasida ko‘prik bo‘ladigan yangi ekotizim – “ochiq banking” joriy qilinadi.

Bularning hisobiga yaqin yillarda startap loyihalarga kiritilayotgan investisiyalar hajmi hozirgidan 10 karra oshadi.
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр