Yurtimizda nuroniylarni e’zozlash, ularning tajribasini qadrlash, mehr va ehtirom ko‘rsatish qadimiy an’ana sanaladi. Har yili o‘tkaziladigan “Keksalar haftaligi” ham aynan shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi ham ushbu haftalik doirasida yolg’iz keksalar holidan xabar olishdi. Shuningdek, uzoq yillar sohaga fidokorona mehnati singgan ustoz xodimlarga ehtirom ko’rsatilib, ularning hayotiy tajribasi, yoshlarga qoldirayotgan saboqlari uchun minnatdorlik bildirildi.
“Bugun biz ko‘rayotgan qulayliklar, yangi texnologiyalar orqasida kechagi fidokorona mehnatlar turibdi. Shu yo‘lda yoshlarning bilimga chanqoqligi, mehnatsevarligi bizni quvontiradi”, – deydi soha faxriylaridan biri.
Markaz jamoasi keksalarimizga ko‘rsatilgan e’tibor orqali jamiyatda mehr-oqibat, ehtirom va samimiyat muhitini yanada mustahkamlashni o‘zining insoniy burchi deb biladi.