Yiliga 80 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtiriladi. Aholi gavjum joylar va olis mahallalarda 1,1 mingta interaktiv kiosk o‘rnatiladi.
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi. Xususan, FHDYO organida nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari, mudofaa bo‘limlarida harbiy xizmatga majburlarning turar joyi o‘zgarganligi haqidagi hujjat so‘ralmaydi, bu ma’lumotlar axborot tizimlari orqali onlayn olinadi.
2025-2027 yillarda bosqichma-bosqich 20 ta notarial harakat onlayn rasmiylashtirishga o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, notarial xizmatlar ko‘rsatishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini talab qilish bekor qilinib, buni “FACE-ID” orqali aniqlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘z sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar huzuridagi organlarga ham idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolati beriladi.
Bunday hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlari soddalashtiriladi. Natijada idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning o‘rtacha muddati 2 barobarga qisqaradi.